Odil Yoqubov- millatimiz uchun ilhom, bilim va ma'rifat na'munasi
Odil Yoqubov — taniqli o‘zbek yozuvchisi, romannavis, dramaturg va jamoat arbobi. U o‘z asarlarida insoniylik, adolat, vatanparvarlik, muhabbat va ma’naviy qadriyatlarni yoritgan. O‘zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan adiblardan biridir.
Odil Yoqubov harbiy xizmatda bo‘lgan, keyinchalik matbuot, nashriyot va kino sohalarida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham faoliyat yuritgan.
Bugun Qo'rg'ontepa tuman Axborot-kutubxona markazida adib tavalludiga bag'ishlab " Odil Yoqubov- millatimiz uchun ilhom, bilim va ma'rifat na'munasi" mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbirda o'quvchilar sevimli adib hayoti va ijodiga yana bir bor nigoh tashladilar.




Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling