Mustaqillik-sharafli xalq bayrami!
Mustaqillik — xalqimizning eng buyuk neʼmati va bebaho qadriyatidir. Uni asrab-avaylash, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshish har birimiz uchun yuksak burch va masʼuliyatdir.Qo'rg'ontepa tuman Axborot kutubxona markazida Mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan " Mustaqillik - sharafli xalq bayrami" mavzusida rasmli-kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazma kitobxonlarni mustaqillikning mazmun-mohiyati, Vatan ravnaqi va milliy qadriyatlarimiz haqida yanada koʼproq bilim olishga undadi. Kitobxonlar koʼrgazmadagi adabiyotlar bilan tanishib, oʼzlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilish imkoniyatiga ega boʼldilar.


Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling